Kirilmoqda…

Qayta urinish

Maxfiylik siyosati

Yangilangan sana:

Bilimly Bolajon (keyingi o‘rinlarda — «sayt») 2–6 yoshli bolalar uchun o‘yinlar sayti. Biz faqat sayt ishlashi uchun zarur bo‘lgan eng kam ma’lumotni yig‘amiz.

Qanday ma’lumot saqlanadi

Ota-ona akkaunti: Telegram ID, Telegram username va ism (Telegram bergan bo‘lsa), sayt tili.

Bola profili: faqat ism, yosh (2–6) va tanlangan qahramon rasmi. Familiya, fotosurat, tug‘ilgan sana so‘ralmaydi va saqlanmaydi.

O‘yin natijalari: bajarilgan bosqich va darslar, yulduzlar, urinishlar soni, sarflangan vaqt, olingan stikerlar va kunlik o‘yin vaqti.

Obuna: tanlangan tarif, so‘rov sanasi, obuna muddati va to‘langan summa (admin kiritadi).

Ma’lumot nima uchun ishlatiladi

Kirish, bolaning yoshiga mos o‘yinlarni ko‘rsatish, progress va stikerlarni saqlash, ota-ona paneli statistikasi, kunlik vaqt limiti va Pro obunani yoqish uchun.

Telegram bot orqali faqat xizmat xabarlari yuboriladi: kirishni tasdiqlash, obuna yoqilgani, tugashiga 3 kun qolgani va tugagani.

Nimalar yo‘q

Saytda reklama, tashqi tahlil va kuzatuv xizmatlari (Google Analytics va h.k.) yo‘q.

Ovoz yozilmaydi, mikrofon va kamera so‘ralmaydi.

Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi.

Cookie fayllar

Faqat zarur cookie’lar: sessiya (60 kun), tanlangan bola, sayt tili va kattalar tekshiruvi (10 daqiqa). Ular reklama yoki kuzatuv uchun ishlatilmaydi.

Saqlash joyi va muddati

Ma’lumotlar O‘zbekistondagi (Toshkent) serverda saqlanadi.

Bola profilini ota-ona istalgan vaqtda «Ota-ona → Sozlamalar → Bolalar» bo‘limida o‘chirishi mumkin — bolaning natijalari, stikerlari va vaqt statistikasi ham o‘chadi.

Akkauntni butunlay o‘chirish uchun admin bilan Telegram orqali bog‘laning.

To‘lovlar

Sayt karta ma’lumotlarini so‘ramaydi va saqlamaydi. To‘lov admin bilan Telegram chat orqali kelishiladi.

Aloqa

Savollar bo‘lsa, «Ota-ona → Sozlamalar → Yordam» orqali admin bilan Telegramda yozishing.